KOMILJONOV

KOMILJONOV Rahim (1926.5.5, Buxoro) — dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasining xor dirijyorligi f-tini tugatgan (1947). Buxoro teatrida dirijyor (1947—51), Samarqand (1951 — 63), Surxondaryo (1963-68), Qashqadaryo (1968-88) musiqali drama va komediya teatrlarida bosh dirijyor, 1988-y. dan Qarshi sanʼat bilim yurtining dirijyorlik boʻlimida oʻqituvchi. Dirijyor sifatida turli spektakllarni boshqargan. «Xolisxon» (Hamza, 1951, Samarqand), «Oʻtgan kunlar» (Ismoilzoda, 1953) va b. musiqali dramalar, turli mavzudagi qoʻshiqlar («Samarqanddan salom», «Surxondaryo», «Koʻzlaring» va b.) muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x