KOMEDI FRANSEZ

«KOMEDI FRANSEZ» (Comedie Frani,aise) (rasmiy nomi — «Teatr Franse», «Teatre-Franpais») — Fransiyaning eng keksa milliy dramatik teatri. 1680-y. da Lyudovik XIV buyrugʻi bilan Parijda asos solingan. Dastlab truppaga 27 aktyor (jumladan, M. Shanmele, M. Baron, Sh. Lagranj, A. Bejar va b.) kirgan. Eng yaxshi milliy dramatik asarlarni sahnalashtirish huquqiga va yetuk aktyorlarni chetdan taqlif etish imkonini beruvchi moddiy yordamga ega boʻlgan «qirollik» teatri mavqeidagi «Komedi Fransez» tez orada Fransiyaning yirik teatriga aylandi. Teatrga qirol tomonidan tayinlangan superintendantlar rahbarlik qiladi, uning repertuarini belgilaydi. «Komedi Fransez» doimo klassitsizm kridalariga amal qilishga intilgan, 19 – da klassitsizmning tayanchi va rasmiy mafkurasiga aylangan; mumtoz anʼanalarga sodiqlik teatrga turli formalistik oqimlarni kirib kelishiga yoʻl bermagan. «Buyuk fransuz inqilobi» yillarida teatr «Millat teatri» deb atalgan. «Molyer uyi» deb nom olgan «Komedi Fransez»ni fransuz jamoatchiligi hamisha qoʻllagan. Turli davrlarda teatrda fransuz maʼrifatparvarlari (Volter, D. Didro, P. Bomarshe va b.), tanqidiy realizm namoyandalari (A. Bek, A. Frans, J. Renar, E. Fabr va b.) va b. asarlari sahnalashtirilgan. Realistik anʼanalar, asosan, komediyalarda komik aktyorlar (E. F. J. Go, B. K. Koklen va b.) ijodida rivojlangan. «Komedi Fransez»da zamonaviy fransuz teatrining yirik aktyor va rejissyorlari ijodi shakllangan: M. Bel, B. M. J. Bovi, B. Bretti, J. L. Barro, M. Reno va b. «Komedi Fransez» repertuaridan P. Kornel, J. Rasin, Molyer, P. Bomarshe va b. ning asarlari keng oʻrin olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x