Ko’krak sutini ko’paytirish

Ko’krak sutini ko’paytirish

Quyidagi maslahatlar ko’krakda sut ishlab chiqarilishini ko’paytirishga yordam beradi.

1. Emizish bo’yicha mutaxassislar bilan suhbatlashing. Chaqaloq ko’krakni to’g’ri og’ziga olayotganini, ona to’g’ri pozitsiyada emizayotganini, bola ko’krakni qanday emayotganini ko’rib baho bersin.

2. Yomon maslahatchilardan yiroqroq yuring. «Ko’krak suti bilan emizish shart emas», «Men bolamni emizmaganman», «Bola ko’krak sutiga to’ymayapti, qo’shimcha berish kerak» degan do’stlar maslahatiga quloq solmang. Ular bilan iloji boricha suhbat qurmang, chunki bu gaplar emizish uchun o’zingizda ishonch paydo bo’lishiga to’sqinlik qiladi.

3. Uyingizni ko’zdan kechiring. Uyda mehmon juda ko’p emasmi? Siz bolaga qarashdan tashqari ish qilib urinib qolmadingizmi? Uy-yumush ishlari sizni qiynab yubormadimi? Bu ish va yumushlar sizdagi emizishga kerak bo’lgan kuchingizni olib qo’yadi.

4. Bolani yoningizga yotqizib emizing. Sizning tanangiz bola tanasi bilan qanchalik yaqin bo’lsa, sut ishlab chiqarilishi shunchalik kuchayadi.

5. Emizish davomida bolani yechintiring. Agar sovuq bo’lsa ustidan adyol yopib qo’yish mumkin. Lekin bolaning badani sizning badaningizga tegib tursa, uxlab qolayotgan bola uyg’onib yaxshilab emishiga yordam bo’ladi.

6. Emizish davomiyligidan ko’ra soni ko’p bo’lishi kerak.

Charchagan ayol nafaqat emizishga, balki bolaga kerakli mehr ajratishga ham holi bo’lmaydi.

7. Bola haqida, sut haqida ko’p o’ylang. Bolani ko’p silab erkalang. Bu onalik mehr onada sut ishlab chiqaruvchi gormon ko’payishiga ta’sir qiladi.

8. Bola uxlaganda uxlang. Qancha ko’p dam olsangiz, sut shuncha yaxshi keladi.

9. Emizayotganingizda chap va o’ng ko’krakni almashtirib berishni unutmang.

10. Bolani ko’tarib yuring. Bola ko’krakka yaqin bo’lsa sut ishlab chiqish jarayoni jadallashadi.

11. Emizishdan oldin va emizishdan so’ng ko’kragingizni massaj qiling.

12. Emizish davomida asabiylashmasdan, tinch va xotirjam bo’ling.

13. Sut ko’payishiga ta’sir qiluvchi maxsus o’tlik choy(pajitnik)dan iching.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi (https://t.me/+7JOZQ5SQpYM0NzVi)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x