KODEKS

KODEKS (lot. codex) — 1) ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir turdagi sohasini tartibga soluvchi sistemalashtirilgan yagona qonun hujjati (fuqarolik K. si., jinoyat K. si va h. k.). Davlatlariing koʻpchiligida mehnat, oila, jinoyat protsessi, fuqarolik protsessi boʻyicha Kodekslar eng koʻp amalda boʻlgan qonunlar majmui hisoblanadi; 2) qad. kitob shakllaridan; Qad. Rimda paydo boʻlgan. Dastlab pergament yoki papirus, keyinroq qogʻozni daftar tarzida buklab, tikib tayyorlangan. 6-a. dan kitobning asosiy shakliga aylangan. Kodeksda mavjud boʻlgan muqova, sahifa va ularni bezash tartibi (sahifali miniatyura, unvon va b.) hoz. kitoblarda ham saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x