KOALA, xaltali ayiq (Phascolarctos cinereus) — xaltali sut emizuvchilar kenja sinfiga mansub hayvon. Tanasining oʻz. 0,6 m cha, qulogʻi katta. Oyogʻi 5 barmokli, tirnogʻi baquvvat, daraxtda yurishga moslashgan, dumsiz. Koʻrinishi ayiqqa oʻxshash. Moʻynasi qalin, uzun va yumshoq, yelkasi kulrang, qorni oq. Sharqiy Avstraliya oʻrmonlarida yashaydi. Tunda faol. Barg va kurtaklar bilan oziqlanadi. Ogʻiz boʻshligʻida oziq saqlovchi qopchigʻi boʻladi. Ikki yilda bir marta tugʻadi, boʻgʻozlik davri 30—35 kun. Bolasini xaltasida olib yuradi, kattaroq boʻlganida opichib oladi; juda yuvosh hayvon, 12—20 y. yashaydi. Moʻynasi uchun koʻplab ovlanganidan soni kamayib ketgan. Ovlash taqiqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые