KOʻTARILISH VA PASAYISH

KOʻTARILISH VA PASAYISH (a s t ronomiyada) — Oy va Quyoshning tortish kuchi taʼsirida Yerdagi dengiz sathining va atmosfera bosimining davriy oʻzgarishi hamda Yer qobigʻi (litosfera) ning deformatsiyalanishi. Suv sathi 6 soat 13 min. davomida koʻtari-ladi va shuncha vaqt davomida pasayadi. Bu hodisa har 12 soat 25 min. da takrorlanib turadi. Koʻtarilishni hosil qiluvchi kuch (Gʻ) koʻtarilishni hosil qiluvchi jism (Gʻ jism — Oy va Quyosh) ning Yer sathidagi va markazidagi teng massali zarralarning tortishish kuchi farqiga proporsional. Koʻtarilish va pasayish va p. kuchi gʻ=~rG formula bilan ifodalanadi. Bunda |x – zarra massasi, g – zarraning Yer markazidan uzoqligi, t – Gʻ jism massasi, R — Gʻ jismning Yer markazidan uzoqligi, /=6,67108 sm/g sek2 — butun olam tortishish do-imiysi (q. Butun olam tortishish qonuni). Quyoshning massasi Oyga qaraganda juda katta boʻlishiga qaramay, Yer bilan Oy oʻrtasidagi masofadan 400 baranar uzoq boʻlganligi uchun Quyoshning Gʻkuchi Oynikiga nisbatan 2,17-marta kichik. Tor oʻzaygan koʻrfazlarda eng katta koʻtarilish sodir boʻladi, mas, Penjinsk gubernyasidagi Oxota dengizida Koʻtarilish va pasayish va p. amplitudasi 13 m gacha boradi. Kanadaning sharqida (Fandi qoʻltigʻida) Atlantika okeani sathi 18 m gacha, Yerning qattiq «qobigi» esa 50 sm gacha koʻtarilishi mumkin. Koʻtarilish va pasayish va p. ning amplitudasi hamda tasnifi Yer, Oy, Quyoshlarning oʻzaro joylashishiga, geografik kenglik va mahalliy sharoitlarga (mas, dengizning chuqurligiga) bogʻliq boʻladi. Yerning oʻz oʻqi atrofida sutkali aylanishi, Yer, Oy va Quyoshning oʻz orbitalari boʻylab qiladigan harakatlari natijasida Koʻtarilish va pasayish va p. hodisasi Yerning har bir nuqtasida har xil kattalikda sodir boʻladi. Koʻtarilish va pasayish va p. sathining tebranishini mareograf asbobi bilan kuzatib boriladi. Dengiz kemalariga xizmat koʻrsatish uchun maxsus «Koʻtarilish jadvallari» tuziladi. Atmosferada koʻtarilish tebranishlarining davriyligi 12 soat, atm. bosimining oʻzgarishi kam, ekvatorial zonadagina eng yuqori (1 Mbar gacha) boʻladi. Koʻtarilish va pasayish va p. taʼsirida atmosferaning bosimi sutka va oy davomida sezilarli darajada oʻzgarib turadi. Yerning tortish kuchi taʼsirida Oyda sodir boʻladigan koʻtarilishlar Oyning oʻz oʻqi atrofida aylanishini sekinlashtirganki, oqibatda u Yerga bir tomoni b-n oʻgirilib qolgan. Oyning Yer atrofi aylanish tezligidan Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish tezligining katta boʻlishi Yerdagi sutkalar uzunligining yil sayin ortib borishiga olib kelmokda.

Abdusalom Latipov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x