KOʻSAK

KOʻSAK, koʻsakcha (capsyla) — yopiq urugʻli oʻsimliklarning koʻp urugʻli mevasi. Koʻsak bir va koʻp chanoqli boʻladi. Koʻsak yetilganda teshikchasidan (koʻknorda), qopqoqchasidan (mingdevona, zubturum va b.) va pallalaridan (gʻoʻza, bangidevona, binafsha, piyozgul va b. da) ochiladi. Gʻoʻzada Koʻsak 3—5 chanoqli tugunchadan rivojlanadi. Meva qati (K. devorlari) markaziy urugʻchi va urugʻdan tuzilgan. Urugʻlanishdan keyin tuguncha rivojlanib, Koʻsakka aylanadi. Urugʻlanishdan to Koʻsak yetilib ochilguncha 50—60 kun oʻtadi. Uning murakkab rivojlanishi va yetilish jarayonini 4 davrga boʻlish mumkin: tugunchaning Koʻsakka aylanishi (10 kun); K. ning tez oʻsishi (15 kun) quruq modda toʻplanishi (15 kun); K. ning toʻliq yetilib qurishi (15 kun). Tashqi va ichki omillar taʼsirida davrlar muddati oʻzgaradi. Ertapishar gʻoʻza navlarida bu davrlar qisqa, kechpishar navlarda uzun.

Gʻoʻzaning navi, turi va b. belgilariga qarab bitta Koʻsakda oʻrta tolali goʻzalarda 4,2—7 g, ingichka tolali goʻzalarda 2,5—4 g gacha paxta, 20 tadan 40 — 50 ta gacha chigit boʻladi. Mevasi (paxta) yetilishi davrida Koʻsaklar asta-sekin qurib, uchidan soxta choklari boʻylab chanoqlari ochiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x