KOʻRISH PIGMENTI

KOʻRISH PIGMENTIkoʻz toʻr pardasining yorugʻlik sezuvchi hujayralari — tayoqchalar va kolbachalardagi struktur-funksional birlik. Koʻrinadigan yorugʻlik kvantlari Koʻrish pigmentida yutiladi. Koʻrish pigmenti molekulasi yorugʻlik yutadigan xromofor va ogtsin (oqsil va fosfolipidlar kompleksi)dan iborat. Vitamin A, va A2 aldegid (retinal) yoki 32-degidroretinal barcha Koʻrish pigmenti uchun xromofor boʻla oladi. Koʻrish pigmentining quyidagi turlari bor: koʻrish purpuri (rodopsin), iodopsin, porfiropsin, sianops in . Retinaning fotoizomerdanishi koʻrish mexanizmida birlamchi fotokimyoviy zveno hisoblanadi. Egilgan retinal yorugʻlik taʼsirida yassi shaklga kiradi. Keyin koʻrish retseptori signalini vujudga keltiruvchi jarayonlar boshlanadi. Bu signal sivapelar orqali toʻr pardaning navbatdagi nerv elementlari — binolyar va ganglioz xujayralarga oʻtadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x