KOʻRATOV Ivan Alekseyevich [1839. 6(18).7, Komining Kibra (hoz. Koʻratovo) qishlogʻi — 1875.17(29).11, Verniy (hoz. Olmaota) sh. ] — komi shoiri, tilshunos. Komi adabiyotining asoschisi. Vologdadagi liniy semivariyada taʼlim olgan (1854 — 60). Qozondagi polk auditorlari maktabini bitirgach, harbiy-sud ishiga, Oʻrta Osiyoga joʻvatilgan (1866). Hayotining keyingi davri Oʻrta Osiyo bilan bogʻliq kechgan. Koʻratov chinovniklar, movaxlar, poplarni masxaralab, koʻplab sheʼriy asarlar yaratgan. («Somson», «Tushlar», «Generalga», «Zulmat»). K. hajviy ertaqlar («Makul» va b.), avtobiografik doston — «Koʻrning esdaliklari» hamda tilshunoslikka, komi tili grammatikasiga oid asarlar muallifi. Lekin ular oʻsha davrda kitob holida nashr etilmagan. Jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini komi tiliga tarjima qilgan. Asarlari 20-a. ning 30—60-y. larida nashr qilingan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые