KOʻPELYATSIYA (frans. coupelle — togʻoracha, ajratish pechi) — asl metallar (oltin, kumush) ni qoʻrgʻoshindan, uni oksidlab eritish yoʻli bilan ajratish. Koʻpelyatsiyada qoʻrgʻoshin va b. asl boʻlmagan metallar yuqori t-rada havodagi kislorod bilan yengil oksidlanadi, bunda asl metallar oʻzgarmay qoladi. Probirka va metallurgiya usullari bor. Probirka analizida Koʻpelyatsiya metallning probasi (qotishmasidagi miqdori)ni belgilashda qoʻllaniladi. Bunda Koʻpelyatsiya oʻtga chidamli gʻovak materiallar (suyak kuli, magnezit va b.) dan tayyorlangan togʻorachada 850—900° t-rada amalga oshiriladi. Metallurgiyada qoʻrgʻoshin b-n qotishmada boʻlgan asl metallarni alangali pechlarda 1000° t-rada ajratib olinadi. Bunda pech tubidan kislorod puflanishi natijasida qoʻrgʻoshin va noasl metallar oksidlanadi. Oksidli aralashmalar eritma sirtidan maxsus idishlarga oqib tushib, pech tubida esa asl metallar qoladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые