KOʻP YILLIK OʻSIMLIKLAR

KOʻP YILLIK OʻSIMLIKLAR — ikki yildan ortiq yashay oladigan oʻsimliklar. Yer shari florasining koʻpchiligi Koʻp yillik oʻsimliklarga kiradi. Koʻp yillik oʻsimliklar tashqi koʻrinishi va biologik xususiyatlari bilan juda xilma-xildir. Moʻtadil iqlimi kengliklarda Koʻp yillik oʻsimliklarning koʻpchilik guruhini oʻtsimon oʻsimliklar, tropik zonalarda esa koʻproq daraxt va butalar tashkil etadi. Koʻpchilik oʻtsimon Koʻp yillik oʻsimliklarning uzoq muddat yashashi ularda poya (ildizpoya, piyozchalar, tuganak piyozchalar) va ildizsimon maxsus (gʻamlaydigan) organlar mavjudligiga bogʻliq. Koʻp yillik oʻsimliklarning yashash muddati keskin farqlanadi va bir necha yildan tortib to 10 va 100-yilgacha, baʼzan, hatto, 1000-yilgacha choʻzilishi mumkin. Daraxt va butalar Koʻp yillik oʻsimliklar ichida eng uzoq muddat yashaydigan oʻsimliklar hisoblanadi. Mas, eman 500 — 1000-y., shuvoq 100-y. yashaydi. Ayrim Koʻp yillik oʻsimliklar yashash joyini oʻzgartirish va inson faoliyati natijasida bir yillik oʻsimlikka aylanishi mumkin.

Mas, aslida Koʻp yillik oʻsimliklar boʻlgan kartoshka, batat, gʻoʻza, kanakunjut Oʻzbekiston sharoitida bir yillik ekin tarzida oʻstiriladi.

Dilorom Yormatova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x