KOʻNIYA — Turkiyaning jan. qismidagi shahar. Likaon tekisligida. Koʻniya elining maʼmuriy markazi. Aholisi 761 ming kishidan ziyod (2000). Transport yoʻllari tuguni. Q. x. rayoni markazi. Gʻalla va jun bilan savdo qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari, traktor z-di bor. Gilam toʻqiladi. Shahar yaqinidan simob va magnezit qazib chiqariladi.
Koʻniya ilk bor qad. Frigiya davlati shaharlari qatorida Ikoniy nomi bilan tilga olingan. Mil. av. 1-a. — mil. 3-a. larda Rim imperiyasi, soʻngra Vizantiya tarkibida boʻlgan. 11-a. oxirlari — 14-a. boshlarida Koʻniya sultonligi poytaxti, 15-a. oxiridan Usmonli turk saltanatiga qoʻshib olingan. Meʼmoriy yodgorliklardan Sirchali (1243), Sohibota (126283, Qoratoy (1252), Inja Minor (1258) madrasalari, Sultonxon karvonsaroyi (1229) va b. bor.