KOʻL YOTQIZIQLARI — hoz. va qad. geologik davrlarda mavjud boʻlgan koʻllar tubida paydo boʻlgan yotqiziqlar. Koʻl yotqiziqlari mexaniq (qum, shagʻal, gil), kimyoviy (koʻl buri, tabiiy soda, mirabilit, osh tuzi, gidrogalit, gips, astraxanit, epsomit, bishofit, karvallit va b.) yoʻl bilan hamda organik qoldiklarning chirishidan (torf, diatomit, shifobaxsh balchiqlar) hosil boʻladi. Boʻlarning hammasi chuchuk va shoʻr suvli koʻllarga xosdir. Koʻl yotqiziqlari kontinental yotqiziklarga mansub, lekin dengiz yotqiziqlariga xos belgilarga ham ega. Har xil tabiiy geografik sharoitlarda hosil boʻlgan koʻllar turlari koʻpligi sababli ularning yotqi-zikdari ham turli-tuman boʻladi. Muzlik koʻllari muzlik va koʻl yotqiziqlarining birikmasidan (mas, turtlamchi davr lentasimon gillari) tashkil topgan, karst koʻllari maʼlum mikdorda karbonatli yotqiziklar b-n toʻlgan boʻladi. Koʻl-muzlik (limnoglyatsial) yotqiziqlarini alohida toifaga ajratadilar. Gumid iqlimli tekislik koʻllarida, asosan, alevritgilli, arid iqlimli mintaqalarda esa galogen-karbonatli yotqiziklar toʻplanadi. Oʻzbekistonda Qizilqum, Mirzachoʻl, Markaziy Fargʻona va Qoraqalpogʻistonda keng tarqalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые