KOʻKTIRNOQ YARIM OROLI

KOʻKTIRNOQ YARIM OROLIOrol dengizining shim. qirgʻogʻidagi ya. o. Qo-zogʻiston Respublikasida joylashgan. Orolning qurishi tufayli yarim orol yon bagirlari ochilib, kuchli eroziyaga uchragan. Koʻktirnoq yarim oroli dengiz chigʻanoklari aralash qumlardan tuzilgan. Qirgʻoqdan 3 km uzoqlikda supasimon togʻlar (bal. 300 m gacha) boshlanadi. Ular strukturali, jinslar yotiq holatda joylashgan. Qoʻngʻir tuproqlarda biyurgʻun va toshbiyurgʻun tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi. Dengizning qurishi tufayli hududda ekologik vaziyat murakkablashgan. Shamol harakati, tuzlarning suv chekingan joylardan uchib chiqishi, yon bagʻirlarda eroziya jarayonini rivojlanishi yarim orol tabiiy muhit holatini jiddiylashtirmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x