KOʻKSARAKSOY — Namangan viloyati Chust tumanidagi soy. Chatqol tizmasining jan.-sharqiy yon bagʻridan Qoʻldambassoy nomi bilan boshlanadi. Yuqori qismida jan.-sharqqa, quyi qismida esa jan. ga oqadi. Suvi ariqlarga boʻlinib, Sirdaryoga yetmasdan (Qoraqoʻrgʻon qishlogʻi yaqinida) tugaydi. Oʻz. 36 km, havzasining maydoni 176 km2. Asosan, yomgʻir va qor suvlaridan toʻyivadi. Suvi mart — apr. da koʻpayadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,8 m3/sek. Kuchli jala vaqtlarida suv sarfi 20 — 30 m3/sek. ga yetadi. Koʻksaraksoy suvi bilan Chuyet tumanidagi yerlar sugʻoriladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые