KOʻKOROL

KOʻKOROLOrol dengizi (Qozogʻiston Respublikasi)dagi orol. Mayd. 273 km2. Eng baland joyi 163 m (Dovud togʻi). Koʻkorol gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan, oʻz. 45 km. Paleogen (yuqori eotsen)ning mergel va qumli gillar, yuqori qismida kvarsli qumlardan tashkil topgan. Orol dengizining sayozlanib borishi tufayli Koʻkorol gʻarbda Qoratup ya. o. bilan ham qoʻshildi. Natijada Orol dengizining shim. qismi («Kichik dengiz») ajralib qoldi. Sirdaryo endi shu «Kichik dengiz»ga quyilmokda. Koʻkorolda bir yillik shoʻralar, qora saksovul, yulgʻun tarqalgan. Shamol taʼsirida eol qum relyefi shakllari — barxan va doʻng qumlar tarkib topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x