KOʻKAMARON (Scutellaria immaculata Nevski) — yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub sertuk yarim buta. Poyasi yotiq, yer ostki qismi yogʻochlanib, kaudeks hosil qiladi. Bir yillik poyalari 5—10 sm, sertuk, serbarg. Gullari 2,5—3 sm, och sariq, barg qoʻltigʻida gʻuj oʻrnashgan. Iyun—iyulda gullaydi, mevasi avg, — sentyabrda pishadi. Toshkent, Samarqand va Fargʻona viloyatlaridagi togʻlarda oʻsadi. Yangiligida mol yeydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые