Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Ey Robbim!
Har bir vafot etgan moʻminni rahm qilgin!
Har bir bemorga shifo bergin!
Har bir gʻamnokka shodlik bergin!
Har bir ishsizga ish bergin!
Har bir befarzandga solih-soliha farzandlar ato etgin!
Har bir tolibi ilmga foydali ilm bergin!
Har bir boʻydoqqa solih-soliha juftni roʻbaroʻ qilgin!
Har bir mahzunga saodat bergin!
*****
Koʻpincha sevishini ifoda qilib berolmaydiganlar koʻproq sevishadi.
*****
Bu hayotda koʻp narsani oʻzing oʻqib, oʻrganasan. Ammo qoʻpollikni boshqalar bilan boʻladigan sadoqatsiz muomalalardan keyin oʻrganasan.
*****
Eng hunuk narsalardan biri – qadrnonim deb yurgan odaming xatoyingni aytmasdan sen bilan aloqani uzishidir.
*****
Baʼzi odamlar sunʼiy daraxtlarga oʻxshaydi. Har qancha sugʻorsang ham meva bermaydi.
*****
Hech kimni jerkib, chetga surib qoʻyma! Ammo seni xohlamaydigan insonni qoʻlidan tutib qolma.
*****
Shunday insonlar borki, ular odamlarga ayb izlash koʻzi bilan, oʻzlariga esa goʻzallik, yutuq izlash koʻzi bilan qaraydilar.
*****
Hech kimga zulm qilmaslikka, hech kimni gʻiybat qilmaslikka, hech kimning dilini ogʻritmaslikka, oʻzini hech kimdan ustun qoʻymaslikka urinadigan kishilarga salomatlik boʻlsin!
*****
Hammamizda ayblar bor. Agar Alloh taoloning “satr” (toʻsish, yashirish) degan neʼmati boʻlmaganda, qattiq xijolatlikdan boʻyinlarimiz egilib qolgan boʻlardi.
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/kopincha-sevishini-ifoda-qilib-berolmaydiganlar-koproq-sevishadi/