KOʻNIYA SULTONLIGI (Ikoniy, Rum yoki Saljuqiylar sultonligi) — Kichik Osiyoda oʻrta asr davlati (11 – a. oxiri — 14-a. boshi). Poytaxti dastlab Nikeya, keyinchalik Kuniya (Ikoniy) boʻlgan. Saljuq turklari Kichik Osiyodagi Vizantiya yerlarini bosib olib, Koʻniya sultonligini tuzganlar. Koʻniya sultonligiga donishmandiylar sultonligi (1157), Anadolu (1207), Sinop (1214) qoʻshib olindi. Sulton Alouddin Kayqubod davri (1219—36) sultonlikning eng gullagan davri hisoblangan. Koʻniya sultonligining asosiy shaharlari — Koʻniya, Qaysari, Sivas va b. hunarmandchilik markazlari boʻlgan. 1243-y. K. s. Erondagi moʻgʻullar (elxoniylar)ga tobe boʻlib qoldi. 1307-y. ga kelib, mayda bekliklarga boʻlinib ketdi. Ulardan biri — Usmon bekligi 14-a. da Usmonli turk imperiyasining paydo boʻlishida asosiy rol oʻynagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые