Agar suratda maʼni ochmasa yuz,
Qachon ochgʻoy koʻngul surat sori koʻz?!
* * *
Qachonkim ishq yoyi otsa bir oʻq,
Ongo tadbir qalqon oʻlmoqi yoʻq.
* * *
Na xush debdur hakimi hikmatoro –
Ki, mushku ishq pinhon boʻlmas aslo.
* * *
Qachon parvona qilgʻay mayli xurshid,
Ongo chun shamʼ vasli boʻlsa ummid.
* * *
Tilar boʻlsa agar labtashnaye ob,
Ongo ne sud qilgay shakkari nob?
* * *
Kerak qilmoq bu ishga tez koʻshish –
Ki, koʻshish sud qilmas oʻtsa gar ish.
* * *
Yorutmas uyni gar bir shamʼ nuri,
Yana ham shamʼ yoqmokdur sururi.
* * *
Malomat ishq dardin toza aylar.
* * *
Hamul toshgʻa yetushti yaxshi davlat –
Ki, topti u guhardin qadru qimmat.
* * *
Zihi, farxunda toleʼ korvoni –
Ki, maqsad tolibidur jismu joni.
* * *
Berib nodon matoi ganji olam,
Olur bir necha roʻkash qalb dirham.
* * *
Boʻlub domanfishon kavnu makongʻa,
Oʻzungni yetkur asl oshyongʻa.
* * *
Damo-dam qoʻnma hushing boʻlsa bori,
Uchub ul shoxadin bu shoxa sori.
* * *
Yaqindur husni suratning zavoli,
Oʻtar bir holgʻa bir lahza holi.
* * *
Chu koʻrding aks azm et asl sori –
Ki, koming hosil et jovid bori.
* * *
Baqo istar esang sol asligʻa koʻz,
Vafo istar esang ur asligʻa yuz.
* * *
Boʻlur pokiza tiynat – pok kirdor,
Zinozoda boʻlur bilgil zinokor.
* * *
It odam, yoʻqsa odam it tugʻurmas –
Ki, tuxmi arpadin bugʻdoy koʻkarmas.
Muhammad Rizo OgaHiy tarjimalaridan
https://saviya.uz/ijod/nazm/kongul-mani-durrining-ganji/