KOʻLOB — Tojikiston Respublikasining jan. dagi shahar (1934-y. dan). Yax-suv (Panj havzasi) vodiysida, Dushanbadan 202 km. Hazratishoh tizmasi etagida. Dushanba bilan t. y. va avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Aholisi 79,3 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan z-d, paxta tozalash, moy, sut z-dlari, goʻsht va non k-tlari bor. Qurilish materi-allari ishlab chiqariladi. Ped. in-ti, teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, Mirsaid Hamadoniy maqbarasi (14 — 17-a. lar) mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые