KOʻLI MALIK JANGI

KOʻLI MALIK JANGIBobur b-n shayboniylar oʻrtasidagi jang (1512-y. 28 apr.). Bobur 1511-y. Hisorni oladi, shu yil yozida Buxoroni egallab, okt. boshida Samarqandni qoʻlga kiritib, oʻz nomiga xutba oʻqittiradi. Buxoro hokimi Ubaydulla sulton (q. Ubaydul-laxon), Samarqand hokimi Suyunchxoʻjaxon, Muhammad Temur sulton, Koʻchkun-chixon va Jonibek sultonpar Turkistonga qochadilar. Biroq, Ubaydulla sulton qoʻldan ketgan hududlarni yana qayta olish maqsadida 1512-y. 7 apr. da Ahmad Yassaviy maqbarasi yonida yigʻin chaqirib, Movarounnahrni qaytib olishga qasamyod qiladi, uni faqat Muhammad Temur sulton va Jonibek sultonlar qoʻllabquvvatlab, birga yurishga otlanishadi. 1512-y. apr. oxirida Ubaydulla sulton 3 ming askar bilan Yettiquduq orqali Gʻijduvonga keladi va Buxoroga hujum qiladi. Buxoro dorugʻasi Boburga xabar yuboradi. Bobur Samarqanddan 40 ming kishilik qoʻshin bilan chiqib, hech qanday xavfni xotiriga keltirmasdan Buxoroga yaqinlashadi. Ubaydulla sulton shu yerda harbiy hiyla ishlatib, goʻyo qochgandek boʻlib, Xorazm yoʻli tomon chekingan va Buxoro qamalini toʻxtatgan edi. Buxoro dorugʻasi Boburga «oʻzbeklar qochdi» deb xabar qilgandi. Ubaydulla sulton Buxoroning Xayrobod tumanidagi Koʻli malik qirgʻogʻida gʻaflatda kelayotgan Bobur lashkarlariga toʻsatdan hujum qiladi. Qattiq jangdan soʻng Bobur qoʻshini tormor keltiriladi. Bobur Buxoroga, ertasiga esa Samarqandga chekivadi va vaziyat mushkulligini sezib, bir kundan soʻng oilasini olib Hisor tomonga ketadi. Ubaydulla sulton Buxoroni egallab, keyin Samarqandga keladi va oʻz nomiga xutba oʻqittiradi. Tarixchi olim Roʻzbehon Isfahoniy oʻzining «Suluk ul-muluk» asari mukaddimasida: «Odob yuzasidan Ubaydullaxon oʻzini xuddi oʻljasini taqsimlab bermoqchi boʻlgan ovchiday tutdi va katta amakisi Koʻchkunchixonga bosh xonlikni va poytaxti Samarqand taxtini berdi, Movarounnahrning boshqa yerdarini ham qarindoshlariga boʻlib berdi», deb yozadi.

Shunday qilib, 1512-y. bahorida Oʻrta Osiyo temuriylar qoʻl ostidan butkul chiqib ketgan va yana shayboniylarga tobe etilgan.

Ad.: Mirza Muhammad Xaydar,Tarixi Rashidi, T., 1996; Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., Pismennыye pamyatniki, T., 1985.

Faxriddin Hasanoye.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x