KOʻKNOR

KOʻKNOR (Papaveraceae, Papaver L.) — koʻknordoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; urugʻidan oʻsimlik moyi (q. Moyli ekinlar) va koʻsagidan afyun olish uchun yetishtiriladigan ekin. 100 turi maʼlum. Moʻtadil, subtropik, baʼzan sovuqmintaqalarda oʻsadi. Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Arktikada 75 ga yaqin turi uchraydi. Baʼzi turlari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. De-hqonchilikda bir yillik uxlatuvchi Koʻknor (P.somniferum .)ning 2 tur-xili (moyli Koʻknor, afyunli Koʻknor) ekiladi. Vatani — Oʻrta Dengiz atroflari (Gretsiyada mil. av. ekilgan), soʻngra Kichik Osiyo, Yevropaga tarqalgan. Afyunli K. Oʻrta Osiyo, Old Osiyo, Eron, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va b. mamlakatlarda qadimdan ekib kelingan. Moyli K. Yevropada Avstriya, Polsha, Vengriya, Gollandiya, Chexiya, Slovakiya, Ukraina, Rossiya, Fransiyada katta maydonlarda ekiladi.

Ildizi oʻq ildiz, tuproqqa 70—120 sm gacha kirib boradi. Poyasi tik oʻsadi, bal. 80—150 sm, kam shoxlanadi. Bargi poyani oʻrab turadi, oʻz. 20—30 sm, guli yirik, uzun bandli, poya va shoxlarning uchida yakka joylashgan, oq, binafsha, qizil, sariq, pushti rang. Mevasi koʻsakcha, 4—5 xonali. Pishganda chatnamaydi, diam. 5—7 sm, oʻz. 2—6 sm. Urugʻi mayda, yumaloq, buyraksimon, och sariq, koʻkish. 1000 ta urugʻining vazni 0,24— 0,45 g (bir koʻsakchada 3—5 g). Urugi 2—3° da unib chiqadi. 10° da 5—6 kunda maysalaydi. Maqbul harorat 20—25°. Oʻsuv davri 85 — 132 kun. Ekilgandan gullash davrigacha suvga talabchan. Chetdan changlanadi. Koʻknor yorugʻsevar, uzun kun oʻsimligi. Moyli Koʻknor urugi tarkibida 45—56% oziq-ovqatga ishlatiladigan moy, 20% oqsil mavjud. Koʻknor moyi, asosan, kendolat, konserva, parfyumeriya, lok-boʻyoq sanoatida, rassomlik boʻyoqlari tayyorlashda, urugʻi non pishirish va qandolatchilikda ishlatiladi. Koʻsagi poʻchogʻidan tibbiyot va veterivariyada qoʻllaniladigan alkaloidlar (morfin, kodein, papaverin) olinadi. Kunjarasi esa mollarga yaxshi ozuqa (tarkibida 10% moy, 32,5% oqsil mavjud). Afyunli Koʻknorning toʻla pishmagan koʻsaqlari sutsimon shirasidan maxsus usulda afyun olinadi. Shirasi tarkibida 20 xil alkaloidlar, ayniqsa, morfin, shuningdek, varkotin, kodein, papaverin, oqsil, uglevodlar, smola, mum, pigmentlar mavjud. Tibbiyotda dori-darmonlar i. ch. da qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Urugʻ boʻyicha hosildorligi 4—8 s/ga. quruq koʻsak (urugʻsiz) boʻyicha 3—8 s/ ga. Moyli Koʻknor urugi toʻla pishganda don kombaynlari yordamida yigʻiladi. Baʼzan afyunli Koʻknorning shirasi olinmagan pishgan koʻsaqlari maydalanib, suvda ivitib (ezib) ichiladi (20-a. boshlariga qadar Oʻzbekistonda maxsus takyakoʻknorixonalarda Koʻknordan kayf beradigan ichkilik tayyorlanib, isteʼmol qilingan) Oʻzbekistonda va b. bir qancha mamlakatlarda afyunli Koʻknor ekish man qilingan.

Halima Otaboyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x