KNUNYANS Ivan Lyudvigovich

KNUNYANS Ivan Lyudvigovich (1906.22.5 (4.6) — Togʻli Qorabogʻ — 1994) — organik kimyogar. Akad. (1953). General-mayor — muhandis. Piridin yadrosiga turli radikallarni kiritishning yangi usullarini kashf etgan. Etilen oksidini atsetosirka kislota b-n reaksiyaga kiritib, uatsetopropil spirtini olgan. Hozir bu usul V, vitaminini olishda qoʻllaniladi. Kaprolaktamning toʻgʻri chizikli polimerlash reaksiyasini ilk bor oʻrgangan. Saraton kasalligining ayrim turlari uchun samarali kimyoviy terapevtik vositalar olgan. Ulardan «lofenal» amaliyotga joriy etilgan. Ftororganik birikmalar ustida muntazam izlanishlar olib borib, bu sohada ilmiy maktabga asos solgan. D. I. Mendeleyev nomli kimyogarlar jamiyati jur. ning bosh muxarriri, kimyo ensiklopediyasining tashabbuskori va bosh muharriri.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x