DO`STLARGA ULASHING:
Klotrimazol maz
#Клотримазол маз
💊 DORI SHAKLI : 👇
maz ( surtma )
💊TARKIBI : 👇
100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
▶Faol modda: 👇
Klotrimazol 100% moddaga qayta hisoblanganda – 1 g.
▶Yordamchi moddalar: 👇
— Propilenglikol – 12,5 g,
— Metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 0,2 g,
— Qahrabo kislotasi – 0,5 g,
— Natriy benzoati – 6 g,
— Emulsion mum – 3 g,
— Kanakunjut moyi – 14 g,
— Metilsellyuloza – 3 g,
— Distillangan monoglitseridlar – 1,5 g,
—Tozalangan suv – 100 g gacha.
💊TA’RIFI: 👇
Oq yoki deyarli oq rangli, kuchsiz oʻziga xos hidli surtma.
💊TA’SIR QILISHIGA KO’RA 👇
Zamburugʻlarga qarshi vosita.
💊PREPARAT XUSUSIYATLARI👇 👇
Sirtga qoʻllash uchun imidazol hosilalari guruhiga mansub zamburugʻlarga qarshi vosita, mikrob devorining hujayra membranasining tarkibiy qismi boʻlgan ergosterolning sintezini pasaytiradi va uning strukturasi va xususiyatlarini oʻzgarishiga olib keladi.
Kichik konsentratsiyalarda fungistatik, katta (20 mg/ml dan ortiq) konsentratsiyalarda esa – fungitsid, ayni paytda nafaqat proliferatsiyalanuvchi xujayralarga taʼsir qiladi.
Fungitsid konsentratsiyalarda mitaxondrial va peroksidaz fermentlar bilan oʻzaro taʼsir qiladi, buning natijasida vodorod peroksidining konsentratsiyasini toksik darajagacha oshishi yuz beradi, bu ham zamburugʻ hujayralarining parchalanishga yordam beradi.
Patogen dermatofitlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis), achitqisimon va mogʻor zamburugʻlari (Candida spp., Torulopsis glabrata, Rhodotorula spp., Pityrosporum orbiculare) ga nisbatan faol.
💊TA’SIR QILISH MEXANIZMI 👇
Klotrimazol teri va shilliq qavatlar orqali yomon soʻriladi va deyarli tizimli taʼsir koʻrsatmaydi. Epidermisning shox qavatida toʻplanadi, tirnoqlarning keratiniga kiradi. Epidermisning chuqur qavatlaridagi konsentratsiyasi dermatofitlar uchun minimal bostiruvchi konsentratsiyasidan yuqoriroq.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Terining, shu jumladan teri burmalari va oyoq panjasining dermatofitlar, achitqisimon (Candida spp.), mogʻor va boshqa zamburugʻlar va klotrimazolga sezgir boʻlgan qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan kasalliklarida .
— Dermatomikoz, dermatofitiya, trixofitiya, epidermofitiya, mikrosporiya, kandidomikoz kasalliklarida
— Barmoqlar orasining zamburugʻli eroziyasi, zamburugʻli paronixiya.
ikkilamchi piodermiyalar bilan asoratlangan mikozlar, majmuaviy davolash tarkibida.
— Kepaksimon temiratki, rang-barang temiratki, eritrazmada qoʻllanadi.
— Zamburug’li teri infeksiyasida qo’llaniladi.
💊QO’LLASH DOZASI 👇
Sirtga surtiladi.
Kattalarga boshqa tavsiyalar boʻlmasa, surtmani bir kunda 2-3 marta oldindan tozalangan va terining quruq jarohatlangan sohalariga yupqa qilib surtish tavsiya qilinadi. Kaft oʻlchamiga teng yuzasi maydoniga bir martalik doza – 5 mm uzunlikdagi surtmaning ustunchasi. Muvaffaqiyatli davolash uchun surtmani muntazam qoʻllash lozim.
Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va kasallikning ogʻirligi va joylashishiga bogʻliq. Toʻliq sogʻayishga erishish uchun surtma bilan davolashni yalligʻlanishning oʻtkir simptomlarini yoʻqolishi yoki subyektiv shikoyatlarni kamayishi bilan darrov toʻxtatish tavsiya etilmaydi. Davolashning davomiyligi oʻrtacha taxminan 4 haftani tashkil qilishi lozim.
Kepaksimon temiratki asosan 1-3 hafta davomida, eritrazma esa 2-4 hafta davomida tuzaladi.
Oyoq terisidagi zamburugʻli kasalliklarida davolashni kasallik simptomlari bartaraf qilingandan keyin taxminan 2 hafta davom ettirish tavsiya qilinadi.
Bolalarda 2 yoshdan boshlab qo’llaniladi.
🔴NOJO’YA TA’SIRI 👇
Mahalliy reaksiyalar: 👇
Achishish, shish, terini taʼsirlanishi va qipiqlanishi, paresteziyalar, eritematoz toshmalar, qavariqlarni paydo boʻlishi.
Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi.
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Klotrimazolga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
— Homiladorlikning birinchi uch oyligida mumkin emas .
— 2 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.
💉Qo’llash — retseptsiz
💉Ishlab chiqaruvchi — Ukraina.
@Farmakologiya_TTA
,,ТАБЛЕТКА » kanali