KLOSSh GʻOʻZASI

KLOSSh GʻOʻZASI (Gossypium Klotzschianum Anderss) — yovvoyi gʻoʻza turi. Xromosomalar soni 2p=26, genomi D3_k, 1853-y. da kashf qilingan. Birinchi marta Anderson taʼriflab bergan. Vatani — Galapagos orollari. Orol qirgʻoqlaridagi toshloq yerlarda oʻsadi. Klossh gʻoʻzasi yumshoq, kalta tuklar bilan qoplangan koʻp yillik buta. Boʻyi 4 m cha, hosil shoxlari kalta, baʼzan qoʻshaloq boʻla-di, oʻsuv shoxlari kuchli rivojlangan. Koʻsagi 3 va 5 chanoqli, mayda, uzunchoq sharsimon, yuqoriga qarab toraygan, uchi toʻmtoq. Har bir chanogʻida 6 tadan chigiti bor. Chigitp mayda, kalta qoʻngʻir tuklar bilan qoplangan. Chigit qobigʻi qattiq, toshchigit. Klossh gʻoʻzasi qurgʻoqchilikka chidamli, qatʼiy fotodavriy oʻsimlik. Davidzon gʻoʻzasi b-n chatishib pushtli, Meksika fasi, peru gʻoʻzasi bilan puch chigitli, raymond gʻoʻzasi b-n bepusht duragay hosil qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x