KLOSON

KLOSON Jerard (1891, Malta oroli — 1971, London) — ingliz turkiyshunosi. Qutb Xorazmiyning Britaniya muzeyida sakdanayotgan «Muhabbatnoma» asariga tafsir yozgan (1928). Turkiyshunoslikka oid ellikka yaqin ilmiy ish eʼlon qilgan. Lugʻatshunoslik uning faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Navoiy asarlari uchun tuzilgan «Sangloh» lugʻatini (keng izoq, batafsil sharh va ilovalar b-n; 1960), «13-asrgacha boʻlgan turkiy tillarning etimologik lugʻati»ni (1970) nashr qildirgan. Kloson «Sangloh»ni nashr qildirib, eski oʻzbek lugʻatchilik maktabini oʻrganish ishiga katta hissa qoʻshgan. Mazkur lugʻat Navoiy asarlari tili, shuningdek, b. turkiy tillarni oʻrganishda muhim manba ekanligini taʼkidlagan. Oltoyshunoslik ishlari uchun Indiana (AKSH) un-tining (1969), sharqshunoslik faoliyati uchun esa London Osiyo qirollik jamiyatining (1973) oltin medallari bilan mukofotlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x