DO`STLARGA ULASHING:
💊Klomifen tabletka — organizmda gormonal almashinuvni boshqaruvchi preparat
💊Analogi — klomid , klomen va klovertil tabletkalari.
#Klomifen tabletka
#Кломифен таблетка
💊Dori shakli : tabletka
💊Tarkibi : 👇
Klomifen sitrat — 50 mg
💊Ta’siriga ko’ra 👇
Antiesterogen vosita. Gonodotropin gormoni faoliyatini stimullaydi.
💊QO’LLANILISHI 👇
— Bepushtlikda qo’llaniladi
— Xayz kelmaslik kabi xolatlarda
— Amenoreyaning barcha ko’rinishlarida ( amenoreya bu 6 oy va undan ko’p xayz kelmaslik xolati hisoblanadi)
— Androgenlar yetishmovchiligida
— Erkaklarda sperma , ya’ni urug’ning kam ajralishi holatlarida
— Xayz muddati ikki kundan kam bo’lgan holatlarda
—Emizishga bog’liq bo’lmagan holda sut ajralishi kabi holatlarda qo’llaniladi.
🔴NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Ko»ngil aynish , qusish
— Bosh og’rig’i , bosh aylanishi
— Qorinning pastki qismida og’riq
— Bachadondan qon ketish kabi holatlar kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Jigar va buyrak yetishmovchiligida
— Homiladorlik va emizish davrida
—Qalqonsimon bez va buyrakusti bezi funksiyasi buzilishida
— Bachadondan qon ketish holatlarida
— Endometriozda qo’llash mumkin emas.
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — chet davlat