KLISTRON

KLISTRON (yun. klyzo — toʻlqin zarbi va (elek) tron) — oʻzgarmas tokni oʻzgaruvchan tokka aylantiruvchi oʻta yuqori chastotali (OʻYUCh) elektron asbob; ishi OʻYUCh elektr maydonida elektronlar tezligini modulyatsiyalashga asoslangan (q. Modulyatsiya). Toʻgʻri utishli (impulsli va uzluksiz ish rejimli) va qaytargichli xillari bor. Toʻgʻri oʻtishli Klistronda (rasm) katod bilan nurlantirilgan elektronlar kirish, oraliq, soʻngra chiqish hajmiy rezonatorlar orqali uchib oʻtib, ularning tezligi kamayadi va kinetik energiyasining bir qismi OʻYUCh tebranishlari energiyasiga aylanadi. Qaytargichli Klistronda — rezonator oraligʻida tezlashtirilgan elektronlar oqimi rezonatorning toʻrlaridan oʻtib, tormozlovchi maydonga toʻshadi, bu maydon taʼsirida orqaga qaytib, yana rezonatorlar oraligʻidan oʻtadi. Birinchi oʻtishda OʻYUCh elektr maydoni elektronlar tezligini modulyatsiyalaydi, ikkinchi (teskari) oʻtishida elektronlar guruhlangan boʻladi, OʻYUCh maydoni bu guruhni tormozlaydi va elektronlar kinetik energiyasining bir qismini OʻYUCh tebranishlari energiyasiga aylantiradi. OʻYUCh asboblari ichida qaytargichli Klistron eng keng tarqalgan. Klistron kosmonavtika, radiolokatsiya, radioastronomiya, televideniyeda, tibbiyot, oʻlchash texnikasi, radionavigatsiya va b. sohalarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x