KLINOXLOR (yun. klino — engashtiraman va chloros — yashil) — xloritlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi (Mg,Al)2 ((OH)2[AlSi3Ol0] (Mg3(OH)6).
Monoklin singoniyali. Plastinkasimon yoki tabletkasimon kristallar hosil qiladi. Rangi yashil, sariq, baʼzan pushti-kulrang. Qattiqligi 2—2,5; Zichligi 2,6—2,8 g/sm3. K. xloritli sla-neslarning asosiy qismini tashkil kiladi. Yer poʻstida keng tarqalgan. Oʻzbekiston gʻarbidagi barcha oltin-kumush rudali konlarda uchraydi.