KLENSE

KLENSE (Klenze) Leo fon (1784.29.2, Shladen, hoz. Quyi Saksoniya, Germaniya — 1864.27.1, Myunxen) — nemis meʼmori. Soʻnggi klassitsizm namoyandasi. Germaniya, Fransiya, Italiyada uqigan. Jerom Bonapart (Kasselda, 1808—13) va Bovariya qiroli Lyudvig I (Myunxenda, 1815-y. dan) saroylarida meʼmorlik qilgan. Klensening Myunxen (1816-y. dan) va Afina (1839—51)dagi shaharsozlik ishlari tantanavorligi, mustahkamligi hamda klassik uslubi b-n ajralib turadi. Oʻzining haybatli va hashamatli qurilishlarida (Myunxendagi Gliptoteka, 1816—30 va Eski pinakoteka, 1826—36; Sankt-Peterburgdagi Yangi ermitaj, 1839—52) kad. yunon meʼmorligidan keng foydalangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x