KIYIKKAMAR GʻORI — Qoratepa togʻ tizmasi jan. yon bagʻrida (Kitob tumanida). Makrid qishlogʻidan 1,5 km shim.gʻarbda, 820 m balandlikda, gʻor oldidan oqib oʻtuvchi soy oʻzanidan 30 m balandlikda joylashgan. Silur davriga mansub ohaktoshlarda xreil boʻlgan. Gʻorning uchburchak shaklidagi ogʻzi gʻarbga qaragan. Gʻorning umumiy tuzilishi katta xona (bal. 10 m) shak-liga ega. Gʻorning oxiri tik devor shaklida tugaydi. Devorlari va shipida mumiyo qoplami uchraydi.
Gʻorning umumiy uz. 26 m, mayd. 118 m2, qajmi 413 m3.