Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan soʻzlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
- Alloh taolo Oʻziga duo ila koʻtarilgan qoʻlni quruq, umidsiz qoldirmaydi.
- Sen bir narsani yaxshi tushunib olishing kerak: yosh degani bu raqamning oʻzi. Raqam esa, sening asl haqiqatingni ochib bermaydi. Oltmish yoshingda ham goʻdakdek fikrlovchi yoki yigirma yoshingda keksalardek soʻz yurituvchi boʻlishing mumkin.
Shams Tabriziy rahimahulloh
- Boylarga qimmatbaho sovgʻalar berib, faqirlarga kiygan kiyimini beradiganlar toifasidan boʻlmang!
Muhammad Ratyon
- Kitoblarning doʻstligi odamlarning doʻstligidan afzalroqdir. Chunki, kitoblar faqat beradi, hech qachon biron narsa talab qilmaydi.
«Tarix muxrlagan soʻzlar»
- Kambagʻal odam (koʻpincha) chin oshiq boʻladi. Chunki, uning qalbidan boshqa beradigan narsasi yoʻq.
Jubron Xalil Jubron
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/kitoblarning-dostligi-odamlarning-dostligidan-afzalroqdir-chunki/