“Kitob – jonsiz qogʻozlar yigʻindisi emas. Balki u sahifalarda yashaydigan aqllardir”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

 

*****

Gapirishdan koʻra koʻproq eshitishimiz uchun Alloh taolo bizga ikkita quloq va bitta til berdi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Kitob – jonsiz qogʻozlar yigʻindisi emas. Balki u sahifalarda yashaydigan aqllardir.

*****

Hadyalar faqat berishdan iborat emas. Balki bermaslikdan ham iborat boʻladi. Odamlarning sirlarini berkitish, uni birovga aytmaslik, tilni tiyib, u bilan boshqalarga ozor bermaslik ham hadyadir. Hadya boʻlganda ham eng qimmatbaho hadyalardandir. 

*****

Odamlar kengchilik paytida bir xildirlar. Mashaqqatli lahzalarda ularning asl tabiatlari namoyon boʻladi.

Ibn Xaldun rahimahulloh

*****

Agar seni yaxshi koʻradigan oilang, bir nechta vafodor doʻstlaring, dasturxonda taoming, boshing tepasida shifting boʻlsa, sen oʻzing tasavvur qilganingdan ham boyroq ekansan.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

  • Yigit keksayadi.
  • Yengiltak oʻspirin vaqt oʻtishi bilan bosilib qoladi.
  • Johil oʻqib-oʻrganadi.
  • Bemor tuzaladi.
  • Lekin ahmoqning ahmoqligi davom etaveradi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Agar oʻzingni bilmaganga olishni oʻrgansang, hayotdagi muammolarning yarmini yengib oʻtibsan.

Najib Mahfuz

*****

Agar insonni yaxshi koʻrgan narsasidan mahrum qilib, yoqtirmagan narsasiga majbur qilinsa, oʻsha insonning asl tabiati, haqiqati zohir boʻladi.

Doktor Mustafo Mahmud

*****

Odamlarning aqli yetukrogʻi va dili pokrogʻi insonlarga, ularning aqllarining rioyasini qilib gapiruvchi kishidir.

Abu Ali ibn Sino

*****

Odamlar baxtsizligining yarmi oʻzlarida boʻlmagan narsani bor qilib koʻrsatishga urinishlaridan kelib chiqadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

  • Muvaffaqiyat toʻgʻri qarorlardan kelib chiqadi.
  • Toʻgʻri qarorlar tajriba, malakadan kelib chiqadi.
  • Tajriba, malaka esa muvaffaqiyatsiz urinish, muvaffaqiyatsiz tajribalardan kelib chiqadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Balandroq bino qurish uchun uning poydevorini chuqurroq kavlashing kerak.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

  Baʼzida senga nisbatan hasad nasihat koʻrinishida keladi.

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

https://saviya.uz/ijod/nasr/kitob-jonsiz-qogozlar-yigindisi-emas-balki-u-sahifalarda-yashaydigan-aqllardir/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x