Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Gapirishdan koʻra koʻproq eshitishimiz uchun Alloh taolo bizga ikkita quloq va bitta til berdi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Kitob – jonsiz qogʻozlar yigʻindisi emas. Balki u sahifalarda yashaydigan aqllardir.
*****
Hadyalar faqat berishdan iborat emas. Balki bermaslikdan ham iborat boʻladi. Odamlarning sirlarini berkitish, uni birovga aytmaslik, tilni tiyib, u bilan boshqalarga ozor bermaslik ham hadyadir. Hadya boʻlganda ham eng qimmatbaho hadyalardandir.
*****
Odamlar kengchilik paytida bir xildirlar. Mashaqqatli lahzalarda ularning asl tabiatlari namoyon boʻladi.
Ibn Xaldun rahimahulloh
*****
Agar seni yaxshi koʻradigan oilang, bir nechta vafodor doʻstlaring, dasturxonda taoming, boshing tepasida shifting boʻlsa, sen oʻzing tasavvur qilganingdan ham boyroq ekansan.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
- Yigit keksayadi.
- Yengiltak oʻspirin vaqt oʻtishi bilan bosilib qoladi.
- Johil oʻqib-oʻrganadi.
- Bemor tuzaladi.
- Lekin ahmoqning ahmoqligi davom etaveradi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Agar oʻzingni bilmaganga olishni oʻrgansang, hayotdagi muammolarning yarmini yengib oʻtibsan.
Najib Mahfuz
*****
Agar insonni yaxshi koʻrgan narsasidan mahrum qilib, yoqtirmagan narsasiga majbur qilinsa, oʻsha insonning asl tabiati, haqiqati zohir boʻladi.
Doktor Mustafo Mahmud
*****
Odamlarning aqli yetukrogʻi va dili pokrogʻi insonlarga, ularning aqllarining rioyasini qilib gapiruvchi kishidir.
Abu Ali ibn Sino
*****
Odamlar baxtsizligining yarmi oʻzlarida boʻlmagan narsani bor qilib koʻrsatishga urinishlaridan kelib chiqadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
- Muvaffaqiyat toʻgʻri qarorlardan kelib chiqadi.
- Toʻgʻri qarorlar tajriba, malakadan kelib chiqadi.
- Tajriba, malaka esa muvaffaqiyatsiz urinish, muvaffaqiyatsiz tajribalardan kelib chiqadi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Balandroq bino qurish uchun uning poydevorini chuqurroq kavlashing kerak.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Baʼzida senga nisbatan hasad nasihat koʻrinishida keladi.
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/kitob-jonsiz-qogozlar-yigindisi-emas-balki-u-sahifalarda-yashaydigan-aqllardir/