KITOB BALANDTOGʻ RASADXONALAR MAJMUASI (KBRM) – Oʻzbekiston FA Astronomiya institutining kuzatuv bazasi; Qashqadaryo viloyati Kitob tuman i yakinida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 11 fev. farmoniga binoan tashkil etilgan. Dastlab u 3 boʻlim: Maydanak balandtogʻ rasadxonasi (MBR), Kitob kenglik st-yasi (KKS) va Ekspeditsiya bazalari majmuasidan (EBM) iborat edi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ushbu bazalar milliylashtirilib, Oʻzbekiston FA tarmogiga biriktirildi. MBR majmuaning bosh ilmiy boʻlimi hisoblanadi. MBR Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi Maydanak togʻida (dengiz sathidan 2600 m balandlikda) joylashgan. Maydanak togʻi jahonda eng Kulay astrofizik kuzatuv joylaridan biri deb tan olingan. MBR da Xalqaro va Respublikaning ilmiy dasturlari doirasida gravitatsion linzalar, yulduz toʻdalari, statsionar hamda oʻzgaruvchan yulduzlar, yulduzlararo muhit, sayyoralar va b. kosmik obyektlarning astrofizik kuzatuvlari olib boriladi (q. Maydanak balandtogʻ rasadxonasi). KKS Qashqadaryo viloyati Kitob sh. chekkasida joylashgan, 1939-y. dan beri faoliyat yuritib kelayapti. Oxirgi yillarda uning xizmat doirasi Yer qobigʻidagi tektonik siljishlarga ham qaratildi. EBM ning asosiy vazifasi — MBRning moddiy-texnik , avtotransport taʼminoti va b. xoʻjalik ishlaridan iborat.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые