KISLOVODSK — RFning Stavropol oʻlkasidagi shahar (1830-y. dan), Kavkaz Mineral Suvlari guruhidagi balneoiqlim kurorti. T. y. stansiyasi. Aholisi 115,9 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Katta Kavkazning shim. etaklarida, 720—1060 m balandlikda joylashgan. Oziq-ovqat (shu jumladan, «Narzan» mineral suvi qadoqlanadi), yengil, mebel sanoati korxonalari, muzeylar bor. K. ga 1803-y. da ruslar harbiy istehkom va stanitsa sifatida asos solgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые