KISLOROD BILAN DAVOLASH

KISLOROD BILAN DAVOLASH, ksigenoterapiya — kisloroddan davo maqsadida foydalanish. Konda va toʻqimalarda kislorod yetishmasligi (q. Gipoksiya, Gipoksemiya) bilan kechadigan nafas va qon aylanish sistemasi kasalliklari (bronxial astma, zotiljam, yurak porogi, astmasi xuruji va b.)da, kamkrnlik, balandlik kasalligi, turli zaxarlanishlar, shuningdek, xirurgik operatsiyalardan keyin Kislorod bilan davolash tavsiya etiladi. Kasalxona sharoitida kisloroddan nafas olish uchun moʻljallangan kislorod ingalyator va palatkalardan foydalaniladi. Kislorodni plevra, qorin boʻshligʻi va meʼda-ichak yoʻliga kiritish usullari ham bor (kislorodli vannalar). K. b. d. koʻpincha ingalyatsiya yoʻli b-n amalga oshiriladi. Turli yoʻllar bilan kiritilgan kislorod organizmda kislorod tansiqligini toʻldiribgina qolmay, uning barcha xayotiy funksiyalarini barqarorlashtiradi va qarshilik kuchini oshiradi. Tibbiyot amaliyotida, ayniqsa, gijjani tushirishda giperbarik oksigenatsiya (q. Baroterapiya) juda qoʻl keladi.

Uy sharoitida Kislorod bilan davolashda kislorod yostiqdan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x