KISHMISHTEPA

KISHMISHTEPA — ilk oʻrta asr shahar xarobasi (mil. 5—13-a. lar). Qashqadaryo viloyatidagi Chiroqchi sh. yonida joylashgan. Oʻrta asr manbalaridagi Xushminjakas yoxud Xushminchkat sh. K. oʻrnida boʻlgan. Kishmishtepa ark, shahriston va keng raboddan iborat. Shahristonning umumiy mayd. 24 ga ni tashkil qilib, u mudofaa devori va xandaq bilan oʻrab olingan. Kishmishtepaning eng quyi qatlamlari mil. 5—6-a. larga oid. Shahriston atrofidagi devor 7—8-a. larga mansub. 9 — 10-a. larga kelib shahar kengayib, vohaning yirik shaharlaridan biriga aylantan. 13-a. boshida moʻgʻullar istilosidan soʻng shahar vayron boʻlib, hayot hoz. Chiroqchi oʻrnida qayta tiklangan.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

Svetlana Lunina.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x