KISH — Bobildan 18 km shim.sharkda joylashgan qad. shahar (Irokdagi hoz. Oxeymir sh. xarobasi). Mil. av. 4-ming yillik oxiri — 3-ming yillik boshlarida qad. qishloq oʻrnida vujudga kelgan. Qad. Mesopotamiya davlatlaridan birining markazi (mil. av. 28-a.). K. mil. av. 28-a. da shumer qabilalarining 1-uyushmasiga rahbarlik qilgan (K. I-sulolasi davrida), lekin mil. av. 27-a. da Uruk sh. bilan boʻlgan kurashda oʻz ustunligini yoʻqotgan. Mil. av. 27 — 25-a. larda Kish hokimlari Shim. Shumerda oʻz mavqelarini saqlab turishga intilganlar. 24-a. ning 1-yarmida Uruk va Umma sh. lari hokimi shumerlik shoh Lugalzagansi Kishni vayron qilgan, lekin tez orada shahar Akkad shohi Sargon tomonidan qayta tiklangan. Keyinchalik Bobil, Axomaniylar davlati, Parfiya podsholigi va Sosoniylar davlatining yirik viloyat markazi boʻlib, mustaqil rol oʻynamagan. 1912-y. da fransuz va 1923— 32 y. larda ingliz arxeologiya ekspeditsiyalarining qazishmalari natijasida saroy, ilk sulola davriga oid nekropol (mil. av. 3-ming yillik), sopol idishlar, jez qurollar va taqinchoklar, silindr shaklidagi muhr, akkad davri binolari, mixxat yozuvlari arxivi xujjatlari (mil. av. 3-ming yillik boshi — 1 ming yillik) topilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые