KIRXGOF QOIDALARI

KIRXGOF QOIDALARI — tarmoqlangan zanjirning istalgan qismidagi tok kuchini shu qismlardagi berilgan qarshiliklar va qoʻyilgan e. yu. k,lar boʻyicha aniqlashga imkon beruvchi qoidalar. Oʻtkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi oʻzgarmas tok yoki kvazistatsionar tok (sekin oʻzgaradigan oʻzgaruvchi tok)lar va kuchlanishlar orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. 1847-y. da G. R. Kirxgof aniqlagan.

Tarmoqlangan zanjirda kamida uchta oʻtkazgich tutashadigan har qanday nuqta tugun deb ataladi. Kirxgofning birinchi qoidasiga koʻra, oʻtkazgichlarning uchlari tutashgan nuqta (tugun) da uchrashuvchi tok kuchlari 1k ning algebraik yigʻindisi nolga teng: Ј Ik = 0, bunda k — tugunga kelib qoʻshilayotgan oʻtkazgichlar soni. Tugunga kelayotgan toklar musbat, undan chiqayotganlari manfiy deb hisoblanadi. Bu qoida elektr zaryadining saqlanish qonunini aks ettiradi. Kirxgofning ikkinchi qoidasiga koʻra, oʻtkazgichlarning tarmoqlangan elektr zanjiridagi ixtiyoriy tanlangan har qanday berk konturda zanjirning tegishli qismlaridagi tok kuchlari 1K ning shu qismlar qarshiliklari R ga koʻpaytmalari yigʻindisi mazkur konturdagi e. yu. k. lari yigʻindisiga teng, yaʼni X/tRk = X ek , bunda ya-konturning tegishli qismlari. Tokning yoʻnalishi b-n konturning yoʻnalishi soat mili yoʻnalishi boʻyicha boʻlsa va e. yu. k. kontur yoʻnalishida tok hosil qilsa, tok va e. yu. k. musbat, aks holda esa ular manfiy qiymatga ega boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x