KIRAYXON

KIRAYXON, Kir yey (toʻliq ismi Kirey ibn Poʻlat ibn Toʻxta Qiya ibn Oʻrusxon, yevropalik mualliflarda Girey) (? — 1470) — shayboniylaryaen – K. va Jonibek oʻz qabiladoshlari bilan birga Qozoq xonligiga asos solganlar. Abulxayrxon 1446-y. Oq Oʻrdaga qarashli Sigʻnoq, Soʻzoq, Oqqoʻrgʻon, Izganish, Arquqsh. larni bosib oladi; 1457-y. Sigʻnoq yaqinida oyrotlar bilan jangda yengiladi. Undan oldinroq, 50—60 y. larda Kirayxon va Jonibeklar Esonbugʻo panohiga qochib, Moʻgʻulistonning Chu va Qoʻziboshi viloyatiga kelib oʻrnashgan edilar. Ularni qaytarmoqchi boʻlib yoʻlga chiqqan Abulxayrxon yoʻlda 1468-y. vafot etadi. Kirayxon va Jonibek qabiladoshlari bilan Shayboniyxonning Movarounnahrdaligidan foydalanib, Orol boʻyi yerlariga qaytib, bu yerlarda Qozoq xonligiga asos soldilar. Kirayxondan keyin taxtga uning oʻgʻli Burunduqxon oʻtirgan. Muhammad Haydar «Tarixi Rashidiy»da Qozoq xonligini 1465 — 66 y. larda tuzilganini qayd etadi.

Ad.: Materialы po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov, Alma-Ata, 1969.

Naim Norqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x