KINSHASA

KINSHASA (1966-y. gacha Leopoldvil) — Kongo Demokratik Respublikasining poytaxti. Kongo daryosining soʻl sohili buylab 15 km ga choʻzilgan. Kinshasa — provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlik. Aholisi 4,8 mln. kishi (1998). Iqlimi subekvatorial iqlim. Iyulning oʻrtacha t-rasi 22°, apr. niki 27°. Yillik yogʻin 1359 mm.

Shahar 1881-y. dan qurila boshlagan va Belgiya qiroli Leopold II nomiga qoʻyilgan. 1926—60 y. larda Belgiya mustamlakasining maʼmuriy markazi. 1960-y. dan Kongo Respublikasi (1964-y. dan Kongo Demokratik Respublikasi), 1971—97 y. lar Zair Respublikasi poytaxti.

Kinshasa — mamlakatning asosiy savdotransport, sanoat, moliya va madaniyat markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat tashqi savdosining koʻp qismi Kinshasa orqali oʻtadi. Kinshasa portida yillik yuk ortib-tushirish 2 mln. t atrofida. T. y. orqali Kongo daryosi quyi qismidagi Matadi dengiz porti bilan bogʻlangan. Kinshasadan Brazzavil sh. ga parom qatnaydi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal, kimyo, mashinasozlik, yogʻochsozlik, kemasozlik sanoati, kema remonti, elektr priborlari i. ch., qurilish materiallari korxonalari, oyna va shisha idishlar z-di bor. Maluku r-nida yirik metallurgiya kompleksi qurilgan. Milliy un-t, in-tlar, Nafis sanʼat milliy akademiyasi, Geogr. ilmiy tadqiqot in-ti, Geol. xizmati ilmiy muassasasi, Tropik tibbiyot in-ti (1899), Afrika sanʼati muzeyi, hayvonot bogʻi va b. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x