KINOYA — uslubiy vosita; maʼqullagandek yoki rizo bergandek boʻlib, rad etish, istehzoli kulish. Kinoyada soʻz yoki ifoda nutkda asl maʼnosiga teskari, hatto uni rad etuvchi mazmun kasb etadi. Kinoya uslubiy vosita sifatida majoziy soʻzlar orqali piching va istehzoni ifodalaydi. Komiklikning bir turi boʻlgan Kinoyada kulgililik jiddiylik niqobi ostiga yashirinib, oʻzida soʻzlovchidagi ustunlik yoxud gumonsirash tuygʻusini aks ettiradi. Kinoya xalq ogʻzaki ijodida ham, yozma adabiyot namunalarida xdm keng qoʻllanadi. Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr», Gulxaniyning «Zarboʻlmasal», Abdulla Qahhorning «Mayiz yemagan xotin» va b. asarlarda Kinoya jonli va konkret badiiylik yaratishga xizmat qilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые