KINODRAMATURGIYA

KINODRAMATURGIYA (kino… va dramaturgiya) — adabiyotning ekranda koʻrsatish uchun moʻljallangan alohida turi. Kinodramaturgiya asari — kinossenariy filmning adabiy va gʻoyaviy-badiiy asosini tashkil etadi. Kinodramaturglar badiiy proza va dramadan foydalanilgan holda hayot voqealarini tasvirlashda kino imkoniyatlarini hisobga olib, asarni ekranga moslashtirib yozadilar. Kinodramaturgiya, oʻz xususiyatiga koʻra, adabiy hamda kinematografik shaklga ega: mustaqil badiiy qiymatga ega, kinematografik asar sifatida yaratilajak filmning mazmunini va qurilishini ifoda etadi. Kinodramaturgiyaning shakllanish davri murakkab jarayon boʻlib, u asar yoziщdan boshlanib, montaj stolida tugaydi. Ovozli kino yuzaga kelgach, inson xarakterini ochib berishdagi asosiy vositalardan — dialog muhim rol oʻynadi. Kino sanʼati imkoniyatlarining kengayishi Kinodramaturgiyadan hayotni yanada chuqurroq oʻrganishni, uni yanada murakkab va rangbarang tasvirlashni taqozo etadi. Kino taraqqiyotining boshlangʻich bosqichida Kinodramaturgiya janrlari (sarguzasht, komediya, melodrama va b.) maʼlum darajada chegaralangan boʻlib, zamonaviy mavzu kam yoritilgan. Hozir esa Kinodramaturgiya asarlari xohlagan janrda yozilib, koʻplab filmlar yaratilmokda.

Oʻzbek Kinodramaturgiyasi proza koʻlamini, drama oʻtkirligini, poeziya jozibasini, tasviriy sanʼat yorqinligini, musiqa ravonligini oʻzida mujassamlashtirdi. Hoz. kunda tarix, tarixiy shaxslar hayoti, milliy qadriyatlar aks etgan yoki yosh avlodda Vataniga, xalqiga, ota-onasiga mehr-muhabbat tuygʻusini uygʻotadigan Kinodramaturgiya dolzarb mavzu boʻlib, shu asosda filmlar ishlanmoqsa («Buyuk Amir Temur», «Parimoma» va b.). S. Abdulla, I. Sulton, A. Krdiriy, M. Shayxzoda, Oybek, S. Ahmad, U. Nazarov, F. Musajonov, O. Agishev kabi yozuvchilarning asarlari oʻzbek kinosining rivojida salmoqli oʻrin tutadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x