KINO DEKORATSIYASI SANʼATI

KINO DEKORATSIYASI SANʼATIfilm voqealarini suratga olish uchun ssenariy asosida pavilyon yoki tabiiy sharoitda yaratilgan moddiy muhit (joy, jihozlar). Filmning turli epizodlarida deqoratsiya turlicha ahamiyatga ega: ayrim hollarda tomoshabinga sezilmaydigan zamin (fon) boʻlsa, baʼzan voqealarni yuzaga keltirib chiqaruvchi obrazli muhit vazifasini oʻtaydi. Kino dekoratsiyasi sanʼati film rassomining film operatori va rej. bilan maslahatlashib yaratgan eskizlari asosida tayyorlanadi. Deqoratsiya film orqali hikoya qilinayotgan tarixiy voqealar, oʻsha joydagi muhit va sharoitni tomoshabin koʻz oʻngida gavdalantirishga, rej. va kinodramaturg ilgari surgan gʻoyani tomoshabinga yetkazishga xizmat qiladi.

Dastlabki Kino dekoratsiyasi sanʼati matogʻa chizilgan. 20-a. ning 10-y. laridan hajmli qilib ishlana boshlagan, aktyor oʻynaydigan joy (old qismi) tabiiy hajmda ishlanib, yigʻma (muvaqqat) va doimiy foydalaniladigan pavilyonlar qurilib, film oʻzgarmas bir nuqtadan tasvirga olingan, deqoratsiyaning old qismi bilan olis manzara (perspektiva)si uygunlashtirilgan. Texnikaning takomillashuvi, oddiy va koʻp kamerali tasvirga olish kompleks deqoratsiya yaratishni yuzaga keltirdi: bunda dekoratsiyani rejalash muhim ahamiyatga ega, chunki bir vaqtning oʻzida bir necha obyektlarni tasvirga olishga toʻgʻri keladi. Bu esa rassomdan oʻta katta topqirlikni talab qiladi.

Oʻzbek Kino dekoratsiyasi sanʼatining rivojida B. Chel-li, V. Yeremyan, V. Sinichenko, E. Kalontarov, S. Ziyomuhamedov, N. Rahimboyev, B. Nazarov, S. Alibekov va b. rassomlarning xizmati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x