KINDIK

KINDIK, kindik tizimchasi — odam va platsentali sut emizuvchi hayvonlarda homilani ona organizmi bilan bogʻlab turadigan (platsenta orqali) tizimchasimon anatomik tuzilma, aʼzo; tarkibida qon tomirlar, allotois yoʻli va h. k. boʻladi. Kindik orqali homila — platsenta qon aylanishi roʻy beradi. Asosan, dirildoq toʻqimadan tuzilgan, undan ikki arteriya va bitta vena oʻtadi. Bola tugʻilgach, Kindik halqasi yaqinidan bogʻlab turib qirqiladi, uning qoldigʻi esa tez qurib, bola 5—7 kunligidayoq tushib ketadi. Tozalikka rioya qilinmasa, Kindik orqali infeksiya kirib, yara, kindik sepsisi va b. kasalliklar roʻy berishi mumkin. Kindik tezda bitmasa yoki chandigʻi notoʻgʻri shakllansa, vrach ga murojaat qilish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x