KIMYOVIY TOK MANBALARI

KIMYOVIY TOK MANBALARI — kimyoviy reagentlarning oksidlanishqaytarilish reaksiyalari energiyasi hisobiga elektr toki ishlab chikaradigan qurilmalar. Dastlabki Kimyoviy tok manbalari Volt ustuni, Leklanshe elementi boʻlgan. Uning asosini elektrolit bilan kontakt hosil qiladigan ikki elektrod (biri oksidlagich, ikkinchisi qaytargich) tashkil qilgan. Elektrodlar orasida potensiallar farqi — elektr yurituvchi kuch (oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining erkin energiyasiga mos) hosil boʻladi. Kimyoviy tok manbalari elektr kimyoviy tizimlariga koʻra, galvaniq elementlar va akkumulyatorlarga, ishlatilishi va energiyani elektr tarmogʻiga uzatilishi boʻyicha birlamchi, ikkilamchi, zahira va elektr kimyoviy generatorlarga boʻlinadi. Birlamchi Kimyoviy tok manbalariga kimyoviy reagentlar energiyasidan foydalaniladigan galvanik elementlar va batareyalar kiradi. Musbat va manfiy elektrodlar suyuq yoki pastasimon elektrolit shimdirilgan gʻovak membrana-separator bilan ajratiladi va butun foydalanish davomida elektrik jihatdan bogʻlangan boʻladi. Ikkilamchi Kimyoviy tok manbalariga akkumulyator va akkumulyatorlar batareyasi kiradi. Bunda kimyoviy reagentlar energiyasidan koʻp marta foydalaniladi. Zahira Kimyoviy tok manbalarida kimyoviy reagentlar energiyasidan fakat bir marta foydalaniladi. Bunday Kimyoviy tok manbalari larda, elektrolit saklab qoʻyiladi va kerak boʻlganda ishlatiladi. Elektrolit elektrodlar orasida suyuq holatda (shisha, plastmassa va b. idishlarda) yoki qattiq holatda (elektr oʻtkazgich qoʻymay) saqlanadi. Ishlatish oldidan suyuq elektrolit ampulalarining uchi sindiriladi, qattiq elektrolit esa qizdirib eritiladi. Elektr – kimyovii generatorlar tashqaridan keladigan kimyoviy reagentlar (gazeimon yoki suyuq) energiyasini oʻzgartirishdan qosil boʻladigan elektr tokini uzoq, vaqt toʻxtovsiz generatsiyalash xususiyatiga ega. Ularning yuqori, past, oʻrta t-rali, suyuq va gaz reagentli turlari bor. Bunday generatorlar kosmik obyektlarda, elektromobillarda muqim (statsionar) qurilmalar va b. da ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x