KIMYOVIY HIMOYA USULI

KIMYOVIY HIMOYA USULI (oʻsimliklar himoyasida) — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda kimyoviy moddalardan foydalanish. Jahon q. x. da 1945-y. dan keyin bir qator samarali preparatlar yaratilishi bilan keng qoʻllanila boshladi. Kimyoviy himoya usulida faqatgina xoʻjalik hamda sanitariya-gigiyena jihatdan aprobatsiyadan oʻtgan va Davlat komissiyasi ruxsat etgan pestitsidlar qoʻllaniladi. Bu tadbirlarga rioya qilish q. x. mahsulotlarida pestitsidlarning butunlay qolmasligini yoki ular miqdorining yoʻl qoʻyilgan darajadan ortib ketmasligini taʼminlaydi. Oʻzbekistonda dehqonchilikning har bir tarmogʻi uchun kimyoviy vositalarni qoʻllash tadbirlari, yaʼni har bir preparatning sarf meʼyori, ishlov berishni boshlash hamda tugatish muddatlari va takrorlash soni belgilangan. Kimyoviy himoya usulida koʻriladigan tadbirlar 2 xil boʻladi: oldini olish va zararkunandalarni yoʻq qilish. Oldini olish tadbirlari zararkunanda organizmlar oʻsimliklarni shikastlamasdan oldin oʻtkaziladi (urugʻlikni dorilash, kimyoviy preparatlarni ekish bilan birga yerga solish va b.); bu maqsadda foydalaniladigan pestitsid oʻz taʼsir kuchini qoʻllanilgandan keyin maʼlum muddat saqlab turishi kerak. 3ararkunandalarni yoʻq qilishga qaratilgan tadbirlar oʻsimlikni shikastlay boshlagan zararkunandalarga qarshi amalga oshiriladi. Buning uchun ishlov berishni butun ekin maydonlari yoki daraxtzorlarda optimal muddatlarda oʻtkazish zarur. Kimyoviy himoya usulidan toʻgʻri foydalanish uchun zararkunandalar sonini muttasil xisobga olish amalga oshiriladi, shuningdek, zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda koʻpayishi prognozi tuziladi, ularning zarar keltirish imkoniyati darajasi aniqlanadi, himoya tadbirlarining samaradorligi baholanadi. Zararkunandalar keng tarqalgan joylarda Kimyoviy himoya usuli tadbirlari ulardan boshqa samarali himoya choralari boʻlmagandagina oʻtkaziladi.

Pestitsidlardan uzoq vaqt va ilmiy asoslanmai turib foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi — biotsenoz muvozanati buzilishi, atrof-muhit ifloslanishi, zararkunandalarda bir yoki bir guruh kimyoviy moddalarga nisbatan chidamlilik vujudga kelishi va natijada qarshi kurash samaradorligi keskin kamayishi mumkin (Oʻzbekiston paxtachiligi tarixida butifosda foydalanish boʻnga misol boʻladi). Dehqonchilikda foydali organizmlarga zarar keltirmay, fakat baʼzi zararkunanda hasharotlargagina tanlab taʼsir qiluvchi kimyoviy vositalar, ayniqsa, qadrlanadi. Kimyoviy himoya usulida faqatgina zararkunandalarni zaharlaydigan moddalardan emas, balki hasharotlar xatti-harakatiga taʼsir koʻrsatuvchi preparatlar — attraktantlar, feromonlar, repellentlar, gormonal preparatlar va b. kimyoviy birikmalardan ham foydalaniladi. Kimyoviy moddalarning atrof-muhit uchun xavfeizligini ularni qoʻllash usuli va muddatlarini toʻgʻri tanlash bilan taʼminlash mumkin. Kimyoviy himoya usulini agrotexnik, biologik va b. usullar bilan birga kompleks olib borish foydali hasharotlarni mumkin qadar saklab qolish hamda kimyoviy vositalar sarfini kamaytirish imkonini beradi. Bunday tadbirlar tizimi har bir ekin uchun ular ekiladigan zona sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan (q. Gerbitsidlar, Integral himoya usuli, Pestitsidlar).

Sulton Alimuhamedov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x