KIMLAR YOSH OILA XISOBLANADI.
⚡️SAVOL;
Biz turmush o‘rtog‘imiz bilan yosh oila sifatida imtiyozli shartlar asosida kreditga uy olmoqchi edik. Meni yoshim 25 da turmush o‘rtog‘im esa 32 yoshda. So‘ramoqchi bo‘lganim biz yosh oilalar ro‘yxatiga kiramizmi yoki yosh oila bo‘lishning xam alohida shartlari bormi ?
⚡️JAVOB;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi PF-4962-sonli Farmoniga asosan, yosh oila toifasiga turmush qurganlarning yoshi 30 yoshdan oshmagan, yoki bolalarni 30 yoshdan oshmagan ota-onadan biri, shu jumladan, turmushidan ajrashgan erkak yoki ayol xamda beva erkak yoki beva ayollar kiritilishi belgilangan. Demak, har qanday holatda xam yosh oila bo‘lish uchun er-xotinning yoshi 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.
✏️ Yuqoridagi asos bo‘yicha, sizning oilangiz oxirgi marta bundan ikki yil oldin yosh oila bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘ingiz 32 yoshda bo‘lganligi sababli ayni damda sizlar yosh oilalar ro‘yxatiga kiritilmaysizlar va aynan yosh oilalarga beriladigan imtiyozli shartlar bilan kreditga uy-joy ololmaysizlar. Buning o‘rniga sizlar uy-joy uchun subsidiya olishga ariza bersangiz bo‘ladi.